ЯНГИЛИКЛАР

Paseo del Born koʻchasidagi Semillas Fitó doʻkoni

28/02/2022

Semillas Fitó urugʻchilikka ixtisoslashgan kompaniyadir. Kompaniya 140 yillik tarixida Fitó oilasining turli bosqichlari va avlodlarini bosib o‘tdi. Bu oʻz oʻrnida fermerlar bilan yaqin munosabatlarni saqlagan holda xalqaro bozorga chiqish imkonini berdi.

Carrer Selva de Mar tumanidagi Semillas Fitó ofisiga tashrif buyurgan boʻlsangiz, kiraverishdagi urugʻ saqlanadigan bir nechta quti solingan eski yogʻoch shkafga koʻzingiz tushgan boʻlishi kerak. Ilgari bu mebel turgan joy tarixini bilasizmi?

Buni bilish uchun Barselonaning Born mavzesiga borishimiz kerak. Born bozori oʻz ishini XIX asr oxirida baliq bozori sifatida boshlagan. 1921-yildan keyin uning ixtisosligi oʻzgardi va bozor meva-sabzavotlar ulgurji bozoriga, boshqacha aytganda, fermerlar uchrashadigan muhim joyga aylandi.

1944-yilning oktabrida Kazimiro Fitó Paseo del Born koʻchasining 8-uyida – Born bozoridan deyarli 300 metr naridagi savdo uchun qulay strategik joyda oʻz doʻkonini ochdi. Semillas doʻkoni bozorga sabzavot sotgani kelgan fermerlarga xizmat koʻrsata boshladi. Fermerlar doʻkonda mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklar muhofazasi vositalari xarid qilishi mumkin boʻlgan.. Doʻkon peshtaxtasi ortida yogʻoch vitrina turgan.

1971-yili Barselona erkin zonasida Merkabarna bozori ochildi va tirikchilik yangi bozorga koʻchgani bois Born bozori yopildi. Semillas Fitó doʻkoni faoliyatini 2003-yilgacha davom ettirdi. Deyarli 60 yil ishlagan doʻkon yopilgach, undagi bor jihozlar bosh ofisga koʻchirildi.

Bu kartotekali shkaf Semillas Fitó biznesi oilaviy korxonadan yillar osha 70 dan ortiq mamlakat bozoriga kirgan, 4 ta tarmoqdan iborat jahondagi yetakchi urugʻchilik kompaniyasiga aylanganining unsiz guvohidir.

Born bozori binosi koʻp yillik yopiqlikdan va bir necha taʼmirdan keyin munisipal madaniy merosga aylandi. Semillas Fitó doʻkonining eski xonalari hamon ochiq, ammo ular boshqa soha uchun xizmat qilmoqda. Shunga qaramay, binoning tashqi koʻrinishi ilk doʻkonga xos jihatlarni saqlamoqda, chunki u Barselona meʼmoriy merosini muhofazalash rejasining bir qismi sanaladi.

  • Ulashish:

Сўнгги янгиликлар

17/10/2022

SEMILLAS FITÓ HOBBY YANGI IBERFLORA YARMARKASIDA ISHTIROK ETADI

07/10/2022

SEMILLAS FITÓ ISTEʼMOLCHILARDAN ILHOMLANGAN YANGI NAVLARNI FRUIT ATTRACTION YARMARKASIDA TAQDIM QILADI.

01/06/2022

Semillas Fitó oʻz mijozlariga ESADE maktabidagi rahbarlani rivojlantirish treninglarini taklif qiladi

23/05/2022

Barselona jahon urugʻchilik sohasining eng muhim tadbiriga mezbonlik qiladi

БИЗ БИЛАН БОҒЛАНИШ

Бизнинг дунё бўйлаб савдо тармоғимиз билан танишинг

Марказий офис

Фзбекистон, Тошкент, 100017, Юнусобод т-ни, Қашғари мавзеси (Ц-4 ), А. Қодирий кўчаси,25-уй
☎ +998903706057 Азиз Махкамов

 

Telegram:  https://t.me/fitouz
Instagram: https://www.instagram.com/SemillasFitoCentralAsia
Facebook: https://www.facebook.com/SemillasFitoCentralAsia
YouTube: https://www.youtube.com/user/SemillasFitoTV/videos