ЯНГИЛИКЛАР

Barselona jahon urugʻchilik sohasining eng muhim tadbiriga mezbonlik qiladi

23/05/2022

Semillas Fitó – sohadagi mijozlar, hamkorlar, doʻstlar, hamkasblar va kompaniyalar uchun ichimlikli qabul marosimining mezbonidir.

Xalqaro urugʻchilik federatsiyasi (ISF) 6-18 may kunlari Barselona shahrida 2022-yil Butunjahon urug‘chilik kongressini o‘tkazdi. Pandemiya sababli ikki yillik tanaffusdan keyin, mazkur tadbir yana odamlarni jamladi.“Yorqin kelajak urugʻini sochamiz” shiori ostida o‘tgan tadbirda urug‘chilikning salohiyati, jamiyat hayotiga qo‘shayotgan hissasi va soha rivojiga alohida eʼtibor qaratildi.Eduard Fito urugʻlarning qiymatini quyidagicha ifoda etdi: "Urugʻlar yakuniy narxning kichik qismini tashkil etishiga qaramay, butun qiymat zanjiriga qoʻshayotgan hissasi tufayli juda muhim ahamiyatga ega".

 

Hafta davomida mehmonlarga taklif qilingan tadbirlar orasida Semillas Fito oʻzgacha bir tadbirni amalga oshirdi. U 180 dan ortiq odamlarni jumladan, sohadagi mijozlar, hamkorlar, doʻstlar, hamkasblar va sektordagi kompaniyalarni Barselonaning eng ramziy binolardan biri, shaharning savdo va qishloq xoʻjaligining koʻp yillik strategik anklavi boʻlgan – Llotja de Mar binosida tunashga taklif qildi. Barselonadagi kongressning nishonlanishi, mehmonlarimizni kutib olish va Semillas Fito kompaniyasining oxirgi 140 yildagi rivojini namoyish qilish va kompaniyaning kelajakdagi istiqbollarini koʻrsatish uchun ularga yaqin boʻlish imkoniyatini berdi.

Kongressning soʻnggi kunida Milliy seleksionerlar assotsiatsiyasi (ANOVE) Merkabarna bozorida soha va gastronomiyadagi yangi trendlarga bagʻishlangan kunlik tadbirni tashkillashtirdi. Eduard Fito vakilligidagi Semillas Fito "Oʻsimliklar seleksiyasining zamonaviy oziq-ovqat taʼminoti zanjiridagi oʻrni: hissalar, muammolar, tahdidlar va umidlar" mavzusi bilan oʻtkazilgan juda qiziqarli bahsda ishtirok etdi. Tadbirda u yakuniy isteʼmolchini boʻlajak strategiyalarning markaziga joylagan holda, ishlab chiqarish va agrosanoat sohasining koʻrinuvchanligini namoyish qilish uchun sohaning urugʻchilik kompaniyalaridan boshlab chakana tadbirkorlarigacha yanada mustahkam oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish zaruratini ilgari surdi.

  • Ulashish:

Сўнгги янгиликлар

17/10/2022

SEMILLAS FITÓ HOBBY YANGI IBERFLORA YARMARKASIDA ISHTIROK ETADI

07/10/2022

SEMILLAS FITÓ ISTEʼMOLCHILARDAN ILHOMLANGAN YANGI NAVLARNI FRUIT ATTRACTION YARMARKASIDA TAQDIM QILADI.

01/06/2022

Semillas Fitó oʻz mijozlariga ESADE maktabidagi rahbarlani rivojlantirish treninglarini taklif qiladi

08/04/2022

Semillas Fitó Hindistondagi filialining faoliyati tufayli Janubi-sharqiy Osiyoda kuchayib bormoqda

БИЗ БИЛАН БОҒЛАНИШ

Бизнинг дунё бўйлаб савдо тармоғимиз билан танишинг

Марказий офис

Фзбекистон, Тошкент, 100017, Юнусобод т-ни, Қашғари мавзеси (Ц-4 ), А. Қодирий кўчаси,25-уй
☎ +998903706057 Азиз Махкамов

 

Telegram:  https://t.me/fitouz
Instagram: https://www.instagram.com/SemillasFitoCentralAsia
Facebook: https://www.facebook.com/SemillasFitoCentralAsia
YouTube: https://www.youtube.com/user/SemillasFitoTV/videos