ЯНГИЛИКЛАР

Semillas Fitó kompaniyasi Fruit Logistica 2022 yarmarkasida isteʼmolchilarning turli ehtiyojlariga javob beradigan bir nechta loyihalarni taqdim etadi.

08/03/2022

Semillas Fito kompaniyasining aprel oyi boshida Berlinda oʻtkazilgan Fruit Logistica 2022 yarmarkasida ishtirok etishi, kompaniyaning oxirgi yillarda erishgan yutuqlarini sohaga namoyish etish niyatining amaliy bayonoti boʻldi. Dizayn jihatidan noyob va ijodiy boʻlgan stend orqali kompaniya innovatsiyalarga sodiqlik – ishlab chiqaruvchilar, isteʼmolchilar va tarqatish zanjirlari talablariga javob beradigan yechimlarni taklif qilishning eng yaxshi usuli ekanligini minglab tashrif buyuruvchilarga yetkazdi.

Kublar shaklidagi ochiq joy orqali kompaniyaning barcha takliflari – asosiy ishlab chiqarish hududlari uchun navlarni seleksiya qilish va rivojlantirish, isteʼmolchiga yoʻnaltirilgan va Foodture boʻlimi tomonidan ishlab chiqilgan kompaniya brendlari, Flavorite muhri bilan roʻyobga chiqqan iforga sodiqlik va organik urugʻlar ishlab chiqarish uchun Organic brendining yaratilishi, Semillas Fitó boshchiligida qay tarzda faoliyat yuritayotganligini namoyish qilishga qaratilgan edi.

2018-yildan beri Fruit Logistica yarmarkasida qatnashmagan Semillas Fitó kompaniyada yuz bergan chuqur oʻzgarishlarni oʻz taklifida aks ettira oldi. "Iste'molchilar tomonidan ilhomlantirilgan sabzavotlar" yangi shiori bilan Semillas Fito oʻzining asosiy vazifasi isteʼmolchilar tomonidan ilgari surilgan, talabi tobora qattiqlashib borayotgan muammolarga javob berish va buni oʻz tarqatish zanjiriga yetkazish ekanligini tushunadi. Shu sababli, iforliroq navlarni ajratib turadigan Flavourite sifat muhrini ishlab chiqish yoki Organic brendi ostida organik usulda yetishtirishga qaratilgan urugʻlarning koʻlamini yaratish intilishlari yuzaga keldi.

Kompaniya tomonidan eng talabchan isteʼmolchilarga javob berish uchun boshlangan yana bir tashabbus – bu Fruit Logistica yarmarkasida muhim rol oʻynagan, Foodture boʻlimi faoliyati doirasida yaratilgan turli brendlar – etli Nippo pomidori, xomligicha isteʼmol qilinadigan Crü qovoqchasi, mukofotga sazovor Monterosa pomidori va Waikiki qovunining Fito stendidan alohida joy olganligi boʻldi.  

Albatta bozorning bir nechta segmentlarida Semillas Fitó yetakchi boʻlgan anʼanaviy navlar uchun ham joy borligi, kompaniya butun zanjir boʻylab yechimlarni taklif qilish salohiyatiga ega ekanligini namoyish qildi. Ishlab chiqaruvchilar sifat, mahsuldorlik va terimdan keyingi samaradorlikni izlaydilar va Fitó ushbu ehtiyojlarga javob berish va har bir sohaga moslashtirilgan navlar katalogini taklif qilish uchun oʻzining barcha sa'y-harakatlarini ilmiy izlanish va tadqiqot ishlariga qaratadi.

Muxtasar qilib aytganda, ushbu qiziqarli Fruit Logistica yarmarkasi, avvalgi yarmarkalardan kamroq mehmonlarni kutib olganiga qaramay, malakali tashriflarning sifati tufayli Semillas Fitó uchun bu juda ijobiy tajriba boʻldi. Bu oʻz oʻrnida stend butun tadbir davomida ishbilarmonlik uchrashuvlari bilan band boʻlganligini anglatadi.

  • Ulashish:

Сўнгги янгиликлар

17/10/2022

SEMILLAS FITÓ HOBBY YANGI IBERFLORA YARMARKASIDA ISHTIROK ETADI

07/10/2022

SEMILLAS FITÓ ISTEʼMOLCHILARDAN ILHOMLANGAN YANGI NAVLARNI FRUIT ATTRACTION YARMARKASIDA TAQDIM QILADI.

01/06/2022

Semillas Fitó oʻz mijozlariga ESADE maktabidagi rahbarlani rivojlantirish treninglarini taklif qiladi

23/05/2022

Barselona jahon urugʻchilik sohasining eng muhim tadbiriga mezbonlik qiladi

БИЗ БИЛАН БОҒЛАНИШ

Бизнинг дунё бўйлаб савдо тармоғимиз билан танишинг

Марказий офис

Фзбекистон, Тошкент, 100017, Юнусобод т-ни, Қашғари мавзеси (Ц-4 ), А. Қодирий кўчаси,25-уй
☎ +998903706057 Азиз Махкамов

 

Telegram:  https://t.me/fitouz
Instagram: https://www.instagram.com/SemillasFitoCentralAsia
Facebook: https://www.facebook.com/SemillasFitoCentralAsia
YouTube: https://www.youtube.com/user/SemillasFitoTV/videos