ЯНГИЛИКЛАР

Turkiyada yangi ofis

22/02/2021

Semillas Fitó mijozlar va xodimlar oʻrtasida yanada yaqinroq munosabatlarni mustahkamlash va ragʻbatlantirish maqsadida oʻz filiallarini kengaytirish orqali xalqaro miqyosga chiqishda davom etmoqda. Turk filialini olaylik, bu yerda ikki yil davom etgan jarayon yaqinda yakuniga yetdi, shu davr mobaynida barcha zavodlar qayta jihozlandi.

2018-yilning iyun oyi boshida Antalyadagi Semillas Fitó R&D&i jamoasi Antalyaning shimoli-gʻarbidagi Kurşunlu mavzesida joylashgan yangi seleksiya stansiyasiga koʻchishni boshladi. 2020-yilning iyulida ofis xodimlari filialni yanada samaraliroq va zamonaviy ish muhiti bilan taʼminlaydigan yangi joyga koʻchib oʻtdi.

Biz mazkur oʻzgarishlarning foydalari haqida bilish maqsadida Süleyman Hilmi Mercan (farm-menejer), Utku Ersoy (Sabzavot urugʻlari yoʻnalishi menejeri) va Leandro Domínguez (korporativ hamkor) bilan suhbatlashdik.

Yangi seleksiya stansiyasi va yangi ofis haqida qanday fikrdasiz?

Süleyman: Hayotimizning uchdan bir qismini ishxonada oʻtkazishimizni inobatga olsak, bu biz ishda oʻtkazadigan vaqt davomida samarali muhitni taqdim etadi. Meni oʻzim ishlaydigan Semillas Fitó kompaniyasi bilan bogʻlovchi rishta yanada mustahkamlanganini his qilyapman. Samarali ishlaydigan jamoaning bir qismi boʻlish ajoyib. Kishilar nafaqat shaxsiy muvaffaqiyatlaridan, balki oʻzlari ishlaydigan kompaniyaning muvaffaqiyatidan ham manfaatdordirlar va bundan faxrlanadilar. Hamma oʻzini baxtli his qiladigan muhitda ish va ishlab chiqarish bilan shugʻullanishni istaydi.

Utku: Men yangi ofisda oʻzimni bemalol his qilyapman. Bu yer juda tinch, men ishlayotganimda diqqatimni jamlay olaman. Biz seleksiya jamoasi bilan savdo va seleksiya jamoalari oʻrtasida hamkorlikni ragʻbatlantiruvchi nisbatan doʻstona muhit yaratgan yangi ofisda birga ishlayapmiz. Biror yordamga yoki biror turdagi hamkorlikka ehtiyoj sezsak, boshqa jamoaga murojaat qilishga juda qulay. Va biz istalgan paytda majlislar tashkil qilishimiz ham mumkin.

Leandro: Biz ushbu loyiha ustida 2 yildan buyon ishlayapmiz. Boshlanishida oson boʻladi deb oʻylagan edik, biroq detallarga oʻtganimizdan keyin bu biz dastlab oʻylaganimizdan koʻra ancha muhim loyiha ekanini anglab yetdik. Qolaversa, bu bizning xodimlarimiz ishlaydigan joy boʻlishi kerak edi, shu bois u ajoyib va qulay boʻlishini istadik. Barcha toʻsiqlarga qaramay, biz yaxshi ishladik, deb oʻylayman. Juda katta jamoaviy ish amalga oshirildi, barchamiz umumiy maqsad yoʻlida kurashdik va bu eng ahamiyatli jihat boʻldi.

Bu oʻzgarish turk jamoasi uchun nimani anglatadi?

Leandro: Turkiyada seleksiya stansiyasi uchun mos joy topish oson boʻlgani yoʻq, shu bois Turkiya seleksiya va parvarish jamoasining ajoyib ofisda ish boshlashi ancha uzoq vaqt talab qildi. Biroq oxir-oqibat biz bunga erishdik. Men jamoa yangi obyektlardan juda mamnun deb ayta olaman. Shuningdek, kompaniya bu kabi ish sharoitlarini taklif qila olishdan mamnun, deb aytishim mumkin.

Bizning mijozlarimiz yangi obyektlar haqida qanday fikrdalar deb oʻylaysiz?

Süleyman: Bu yerga keluvchi mijoz toza, ozoda va shinam ish joyini koʻrib oʻzini bemalol va hurmatga sazovor his qiladi. Ularning kompaniya haqidagi taassurotlari ijobiy boʻladi.

Utku: Mijozlarimiz stansiya va ofisga tashrif buyurganlarida bizning kuchli va professional kompaniya ekanimizni koʻradilar. Ularga bizning yangi binomiz yoqadi.

Semillas Fitó ayni paytda dunyo boʻylab oʻnta filialga ega va yana 10 ta davlatga bevosita kirib borgan. Kompaniyaning xalqaro miqyosga chiqish strategiyasi uning boshqalardan farq qiluvchi – mahalliy tuproq va iqlimga moslashgan urugʻlar orqali fermerlarning biznesini rivojlantirishga yordam berish maqsadida ular bilan yaqindan hamkorlik qilishni nazarda tutuvchi qadriyatlaridan biri – yaqinlikka asoslangan.

  • Ulashish:

Сўнгги янгиликлар

17/10/2022

SEMILLAS FITÓ HOBBY YANGI IBERFLORA YARMARKASIDA ISHTIROK ETADI

07/10/2022

SEMILLAS FITÓ ISTEʼMOLCHILARDAN ILHOMLANGAN YANGI NAVLARNI FRUIT ATTRACTION YARMARKASIDA TAQDIM QILADI.

01/06/2022

Semillas Fitó oʻz mijozlariga ESADE maktabidagi rahbarlani rivojlantirish treninglarini taklif qiladi

23/05/2022

Barselona jahon urugʻchilik sohasining eng muhim tadbiriga mezbonlik qiladi

БИЗ БИЛАН БОҒЛАНИШ

Бизнинг дунё бўйлаб савдо тармоғимиз билан танишинг

Марказий офис

Фзбекистон, Тошкент, 100017, Юнусобод т-ни, Қашғари мавзеси (Ц-4 ), А. Қодирий кўчаси,25-уй
☎ +998903706057 Азиз Махкамов

 

Telegram:  https://t.me/fitouz
Instagram: https://www.instagram.com/SemillasFitoCentralAsia
Facebook: https://www.facebook.com/SemillasFitoCentralAsia
YouTube: https://www.youtube.com/user/SemillasFitoTV/videos