ЯНГИЛИКЛАР

Semillas Fitó Hindistondagi filialining faoliyati tufayli Janubi-sharqiy Osiyoda kuchayib bormoqda

08/04/2022

25 yil oldin Semillas Fitó kompaniyasi oʻzining genetik seleksiyasi, bogʻdorchilik hamda dala ekinlari urugʻlarini ishlab chiqarish va tarqatish sohasida kichik urugʻchilik kompaniyasidan boshlab bugungi kunda yetakchi, koʻp millatli kompaniyalardan biriga aylanib borish uchun kengaytirish jarayonini boshlagan.

2014-yilda Semillas Fitó butun Janubi-sharqiy Osiyo bozorini egallash uchun strategik mamlakat hisoblanmish Hindistonda oʻz filialini ochib, oldinga katta qadam tashladi.

Biz ushbu filial yutuqlari haqida koʻproq bilish, qanday qilib u mazkur hududda shartlarsiz urugʻ yetkazib beruvchiga aylangani haqida bilish uchun Janubi-sharqiy Osiyo boʻyicha marketing va sotuv direktori Enrike Roka bilan suhbatlashdik.

Semillas Fitó Hindiston filialining dastlabki kunlari haqida bizga aytib bera olasizmi?

Bu loyiha 2014-yilda sotuv, ilmiy-tadqiqot va korporativ xodimlardan iborat 19 kishilik guruh bilan boshlangan. Biz Yelehanka Nyu-Taun shahrida joylashgan kichik ofisda, Bangalordan 35 km masofadagi tashqi ishlab chiqarish va kichik issiqxonalardan iborat ilmiy-tekshiruv markazida faoliyatimizni boshlaganmiz.

Ayni paytda shtab-kvartiramiz Bangalor shimolidagi Doddaballapurda joylashgan va yaqin kunlarda ilmiy-tadqiqotchilar jamoasi 15 gektar va 3 ta issiqxonaga ega yangi fermer xoʻjaligiga koʻchib oʻtadi.

Bugungi kunda Fitó Hindiston filialida nechta xodim ishlamoqda va jamoalar qanday tashkillashtirilgan?

Bugungi kunda jamoamizda 26 ta Fitó Seed xodimi va shuningdek, yana shuncha miqdorda vaqtinchalik ishchilar bor.

Xodimlarning deyarli yarmi Sotuv boshqarmasida ishlaydi, ular Shimoliy mintaqa (Dehli atrofidagi 4 shtat) va Janubiy mintaqaga (Bangalor atrofidagi 4 shtat) deyarli teng taqsimlangan.

Ishchi kuchlarimizning 30 foizi ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullanadi. Seleksionerlar fermamizni hamda Hindistonda joylashtirilgan uchta naslchilik dasturini boshqaradi: pomidorning aniqlanadigan turi, okra va chili qalampirlari yoki xalapenos.

Amaliyot va korporativ jamoalar ishchilarimizning 25% qismini tashkil qiladi. Amaliyot jamoasi urugʻ yetishtirish, sifat va qayta ishlashga boʻlinadi.

Semillas Fitó Hindiston filiali uchun asosiy ekinlar qaysilar?

Chunki bu shunday bir yangi va xilma-xil bozor boʻlganligi uchun Semillas Fitó ushbu mintaqaga moslashgan navlarni, jumladan, okra mevasi va odatdagi hind marigoldiga oʻxshash gullarni ishlab chiqarishga katta kuch sarflamoqda.

Ayni paytda bodring eng xaridorgir ekin hisoblanadi, undan keyin esa, oshqovoq, pomidor va tarvuz. Tahlil va prognozlarimizga koʻra, yaqin yillarda ushbu tartibdagi quyidagi toʻrt hosil eng koʻp sotiluvchi boʻlishi kerak: bodring, okra, oshqovoq va pomidor.

Hindistonda Semillas Fitó tomonidan qanday navlar ishlab chiqarishga muvaffaqiyatli joriy etilgan?

Eng muvaffaqiyatli navlar Kadiar va Hilton bodringlari boʻlib, ular qishgi va yozgi issiqxona sharotilarida yetishtirishga juda moslashgan. Runner pomidori ham juda muvaffaqiyatli boʻlib, asosan Vetnamda sotiladi.

Hindiston bozorining oʻziga xos xususiyatlari qaysilar va fermerlikning qanday turlari ommalashgan?

Hindistonda qishloq xoʻjaligi sektori juda muhim hisoblanib, aholining 60% qismi shu bilan band hamda YaIMning 20% qismini egallaydi. Bogʻdorchilik ekinlari uchun atigi 5% yer maydonlaridan foydalaniladi, lekib bu raqam har yili oʻrtacha 3% atrofida ortib bormoqda.  Xususan, sabzavot mahsulotlari urugʻlari bozori har yili 13% ga oʻsib bormoqda, ayniqsa, himoya qilinadigan dehqonchilik uchun ishlatiladigan yuqori sifatli, gibrid urugʻlar nisbatan eng tezroq sifatda oʻsmoqda. Bu Semillas Fitó kompaniyasining mazkur bozorda kengayib borishi uchun ajoyib yangilik.

Fermerlarning turlariga kelsak, afsuski, oʻrta hisobda fermerlar juda kichik yer maydonlariga egalik qiladi yoki ijaraga oladi, bu mexanizatsiya va avtomatlashtirishga jarayonlariga toʻsqinlik qiladi. Bu juda murakkab boʻlmagan va samarasiz bozor boʻlib, davlat tomonidan qattiq nazoratda ushlab turiladi. Lekin u muntazam ravishda oʻzgarib bormoqda va vaqti kelib yanada liberallashadi hamda mustahkamlashadi.

Keyingi yillarda Semillas Fitó Hindistonda qanday rejalarni amalga oshirmoqchi?

Eng muhim vazifamiz – bu tuzilmamiz bosh rejasida koʻrsatilganidek filialni  va  sifatli urugʻ hamda himoya qilinadigan dehqonchilikdagi (mulchalash, qush uyasi, koʻp uyali uy) mutaxassislarni yetkazib berishdagi oʻrnimizni mustahkamlashdir.

Bugungi kunda Semillas Fitó dunyo boʻylab 10 ta filialiga ega hamda yana 10 mamlakatda bevosita faoliyat yuritmoqda. U yerlarda fermerlar bilan hamkorlikda ularning faoliyatini mahalliy tuproq va iqlim sharoitlariga mos urugʻlar vositasida rivojlantirishga yordam beramiz. Yangi filiallarni ochish kompaniya xalqaro kengayish strategiyasining fundamental ustunidir. Bu korporativ qadriyatlarimiz asosida mijozlarimizga yaqin boʻlgan xizmatlarni taklif qilishimizga imkon beradi, shuningdek, shtab-kvartiramiz bilan aloqalarni saqlab qolgan holda mustaqil, oilaviy kompaniya boʻlib qolishga qatʼiy intiladi.

  • Ulashish:

Сўнгги янгиликлар

28/02/2022

Paseo del Born koʻchasidagi Semillas Fitó doʻkoni

15/03/2021

Semillas Fitóning dastlabki navlari qanday boʻlganini bilasizmi?

22/02/2021

Turkiyada yangi ofis

20/01/2021

Janubi-Sharqiy Osiyoga nazar

БИЗ БИЛАН БОҒЛАНИШ

Бизнинг дунё бўйлаб савдо тармоғимиз билан танишинг

Марказий офис

Фзбекистон, Тошкент, 100017, Юнусобод т-ни, Қашғари мавзеси (Ц-4 ), А. Қодирий кўчаси,25-уй
☎ +998903706057 Азиз Махкамов

 

Telegram:  https://t.me/fitouz
Instagram: https://www.instagram.com/SemillasFitoCentralAsia
Facebook: https://www.facebook.com/SemillasFitoCentralAsia
YouTube: https://www.youtube.com/user/SemillasFitoTV/videos