ЯНГИЛИКЛАР

Semillas Fitó oʻz mijozlariga ESADE maktabidagi rahbarlani rivojlantirish treninglarini taklif qiladi

01/06/2022

Semillas Fitó oʻz mijozlariga boshqaruv boʻyicha maxsus treningni taklif qilish uchun nufuzli, xalqaro darajada mashhur ESADE biznes maktabi bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi.

Nomi dunyoga taralgan biznes maktab sohaning rivojlanishiga yordam beradigan bilim ulashish maxsus dasturini yaratdi.

Semillas Fitó kompaniyasi Fitó Academy tashabbusi ostidagi kurslar orqali treningni oʻz mijozlari orasida tanitishda davom etmoqda. Shu munosabat bilan, ESADE maktabi turli kunlarda oʻtkaziladigan uchta moduldan iborat kursga qatnash uchun Ispaniya va Portugaliyadan Barselonaga kelgan eng muhim mijozlariga rahbarlarni rivojlantirish dasturini taklif qildi.

Mazkur kurs soha va atrof-muhit muammolariga moslashtirilgan yuqori sifatli taʼlim dasturini taklif qilish orqali, zamonaviy tashkilotlarning muhim boshqaruv koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan maxsus treningga boʻlgan haqiqiy talabini qondiradi.

2020-yilning fevral oyida, pandemiyadan oldin oʻtkazilgan birinchi sessiyada asosiy eʼtibor biznesning rivojlanishiga qaratildi va kompaniyaning benuqson faoliyatining asosiy qismi boʻlgan xodimlarni boshqarish va strategik boshqaruv, masʼuliyatli rahbarlik va korporativ ijtimoiy masʼuliyat (KSS) bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqdi.

Oʻtgan fevral oyida oʻtkazilgan ikkinchi sessiyaning asosiy maqsadi ishtirokchilarga strategik boshqaruvning yaxlit tasavvurini taqdim qilishga qaratildi. Natijada ishtirokchilar moliya va biznesni tashkillashtirish sohasidagi bilimlarini kengaytira oldilar va shu kabilardan tashqari, boshqaruvni rivojlantirish sohasidagi atoqli ekspert oʻqituvchilar qoʻlida marketing strategiyalarini oʻrgandilar.

Rahbarlarni rivojlantirish dasturining may oyida boʻlib oʻtgan uchinchi va yakuniy sessiyasi bozorga yoʻnaltirilganlikning turli yondashuvlariga qaratildi.

ESADE maktabidagi ushbu trening kursi va Semillas Fitó tomonidan oʻz mijozlari va hamkasblariga taklif qilinadigan boshqa barcha tashabbuslar Fitó Akademiyasi faoliyatining doirasiga kiradi. Bu loyiha mijozlarning rivojlanishini dastaklash va bilim orqali sohani ilgari surish va rivojlantirishga hissa qoʻshish maqsadida uch yil oldin yaratilgan. Semillas Fitó kabi kompaniyalar uchun kelgusi yillardagi istiqbollarni rejalashtirish va muammolarning oldini olish maxsus tayyorgarlikni va mijozlarning muvaffaqiyati xavfsizlik, hamjihatlik, uygʻunlik va kuch bilan bogʻliqligini kafolatlashni talab qiladi.

  • Ulashish:

Сўнгги янгиликлар

17/10/2022

SEMILLAS FITÓ HOBBY YANGI IBERFLORA YARMARKASIDA ISHTIROK ETADI

07/10/2022

SEMILLAS FITÓ ISTEʼMOLCHILARDAN ILHOMLANGAN YANGI NAVLARNI FRUIT ATTRACTION YARMARKASIDA TAQDIM QILADI.

23/05/2022

Barselona jahon urugʻchilik sohasining eng muhim tadbiriga mezbonlik qiladi

08/04/2022

Semillas Fitó Hindistondagi filialining faoliyati tufayli Janubi-sharqiy Osiyoda kuchayib bormoqda

БИЗ БИЛАН БОҒЛАНИШ

Бизнинг дунё бўйлаб савдо тармоғимиз билан танишинг

Марказий офис

Фзбекистон, Тошкент, 100017, Юнусобод т-ни, Қашғари мавзеси (Ц-4 ), А. Қодирий кўчаси,25-уй
☎ +998903706057 Азиз Махкамов

 

Telegram:  https://t.me/fitouz
Instagram: https://www.instagram.com/SemillasFitoCentralAsia
Facebook: https://www.facebook.com/SemillasFitoCentralAsia
YouTube: https://www.youtube.com/user/SemillasFitoTV/videos