ЯНГИЛИКЛАР

Janubi-Sharqiy Osiyoga nazar

20/01/2021

Semillas Fitó oʻsishga erishdi hamda oʻzining mustaqil va oilaviy biznesga qatʼiy sodiqligini saqlagan holda xalqaro miqyosga chiqish muammosini yenga oldi. Ushbu oʻsishning sababi kompaniyaning ilmiy tadqiqotlarga sodiqligidir. Ushbu yoʻnalishga kompaniya yillik aylanmasining 20% ni sarflaydi, bu esa uni tadqiqotlarga eng koʻp mablagʻ kiritadigan qishloq xoʻjaligi kompaniyasiga aylantirdi.

Oʻrtayer dengizi mintaqasi va Janubiy Amerika bozorlarining yaqqol yetakchisi boʻlgan kompaniya Janubi-Sharqiy Osiyo bozorlariga kirish maqsadida 2014-yili Hindistonda oʻz filialini ochgan. 

Biz ushbu bozorning oʻziga xos jihatlari hamda strategik ahamiyati haqida bilish maqsadida Janubi-Sharqiy Osiyo boʻyicha Savdo va marketing boʻlimi direktori Enrique Roca bilan suhbatlashdik.

Janubi-Sharqiy Osiyoda qishloq xoʻjaligi qay ahvolda?

Janubi-Sharqiy Osiyoda qishloq xoʻjaligi rivojlanishda davom etmoqda. Fermerlar oʻzlari mehnat qiladigan kichik yer uchastkalariga egalik qiladilar. Myanmada, chunonchi, aholining 70% qismi sust rivojlangan qishloq xoʻjaligi hisobiga kun koʻradi, bu yerda qishloq xoʻjaligi resurslariga juda kam sarmoya ajratiladi. Ular zamonaviy qishloq xoʻjaligida qoʻllanadigan asosiy texnologiyalar haqida juda kam bilimga egalar. Biroq oʻzgarishlar vaqti kelayotganiga ishonish uchun sabablar mavjud. Vietnamdagi Fresh Studio va Myanmadagi Fresh Line kabi tashabbuslar bu mamlakatlarda qishloq xoʻjaligi zamonaviylashib borayotganining isbotidir. Har ikkala kompaniya oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni yaxshilash va kafolatlashni maqsad qilgan.

Nima uchun Janubi-Sharqiy Osiyo bozori Semillas Fitó uchun muhim hisoblanadi?

Sabzavot urugʻlari boʻlinmasi 2022-2023-yillarda aylanma mablagʻni €75 millionga yetkazishni moʻljallagan. Ushbu yuksak maqsadga erishishda Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasining hissasi oʻta muhimdir. JSHO (Janubi-Sharqiy Osiyo) mintaqasi Foodture, “Qayta ishlash”, “Ulgurji savdo” bilan birgalikda boʻlinmalarning “Yuksalish dastaklari”dan biri sanaladi. 2023-yili Sabzavot urugʻlari biznes blokining deyarli 7% savdosi dunyoning aynan shu mintaqasiga toʻgʻri keladi.

Semillas Fitó uchun qaysi mamlakatlar eng zoʻr salohiyat taklif qila oladi? Nima uchun?

Hindiston, Vyetnam, Tailand, Tayvan, Malayziya va Myanma. Hindiston, nafaqat bozorining nihoyatda kattaligi (13,5 M gektardan ziyod), balki undagi, ayniqsa, xavfsiz qishloq xoʻjaligidagi oʻsish sababli birinchi oʻrinni egallaydi. Ayni paytda bu mamlakat allaqachon 12 000 gektar issiqxonalar va yillik ikki xonali qiymatdagi oʻsish nisbatlariga ega.

Mintaqada qaysi ekinlar Semillas Fitó uchun eng yuqori tijorat salohiyatiga ega?

Pomidor, qalampir va qovun ekinlari ushbu mamlakatlarning dehqonchilik sharoitlariga yaxshiroq moslashgandek tuyuladi. Biz yaqinda Janubi-Sharqiy Osiyo boʻyicha pomidor, qalampir, baqlajon, bodring, qovun, qovoqcha va tarvuz ekinlaridan iborat ilk Fitó katalogini ishga tushirdik. Koʻproq tadqiqot dasturlari tashkil qilinishi bilan biz ilgari kirib bormagan mamlakatlarda mijozlar ulushini oʻziga jalb qila oladigan ekin turlarini rivojlantirishimiz mumkin.

Qisqa, oʻrta va uzoq muddatli asosiy maqsadlar nimadan iborat?

Maqsad – mijozlar bilan tizimli va mustahkam savdoni yuksaltirish. Kuchli jamoani shakllantirish va tayyorlash uchun Keyingi 5 yilda davomli va manfaatli oʻsish uchun poydevor yaratishdan iborat. Osiyo bozorlarining afzalligi ular natural xoʻjalikdan nisbatan yuqori qoʻshilgan qiymatga ega qishloq xoʻjaligiga oʻtish jarayonida ekanligidadir. Oʻtish jarayoni ushbu mamlakatlarning xarid qobiliyati oʻsishi natijasida yuz bermoqda, chunki ular dunyoning boshqa mintaqalari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari markazi hisoblanadi. Bu omil fermerlarning jadal tarzda professionallashuviga hamda yuqori sifatli texnika va gibrid navlardan foydalanishga olib kelmoqda.

Asosiy muammolar nimadan iborat? Ularni hal qilish uchun bizdan nima talab qilinadi?

Afsuski, Semillas Fitó kompaniyasining Osiyoga kirib kelishi biroz kechroq yuz berdi va bizning asosiy xalqaro raqobatchilarimiz ushbu mamlakatlarda yaxshi oʻrnashib olgan. Shuningdek, mahalliy kompaniyalar ham hamkorlik va oʻzaro kelishuvlar orqali bir necha karra ilgarilab ketgan. Bizning baxtimizga, ushbu bozorlarda oʻsish nisbatlari hali-hamon yuqoriligicha qolmoqda, bu Semillas Fitó kompaniyasiga eng yuqori qoʻshilgan qiymatga ega segmentda oʻrnashib olishiga imkon berishi lozim.

Semillas Fitó ayni paytda dunyo boʻylab oʻnta filialga ega va 10 dan ortiq davlatga bevosita kirib borgan. Kompaniyaning xalqaro miqyosga chiqish strategiyasi uning boshqalardan farq qiluvchi – mahalliy tuproq va iqlimga moslashgan urugʻlar orqali fermerlarning biznesini rivojlantirishga yordam berish maqsadida ular bilan yaqindan hamkorlik qilishni nazarda tutuvchi qadriyatlaridan biri – yaqinlikka asoslangan.

  • Ulashish:

Сўнгги янгиликлар

17/10/2022

SEMILLAS FITÓ HOBBY YANGI IBERFLORA YARMARKASIDA ISHTIROK ETADI

07/10/2022

SEMILLAS FITÓ ISTEʼMOLCHILARDAN ILHOMLANGAN YANGI NAVLARNI FRUIT ATTRACTION YARMARKASIDA TAQDIM QILADI.

01/06/2022

Semillas Fitó oʻz mijozlariga ESADE maktabidagi rahbarlani rivojlantirish treninglarini taklif qiladi

23/05/2022

Barselona jahon urugʻchilik sohasining eng muhim tadbiriga mezbonlik qiladi

БИЗ БИЛАН БОҒЛАНИШ

Бизнинг дунё бўйлаб савдо тармоғимиз билан танишинг

Марказий офис

Фзбекистон, Тошкент, 100017, Юнусобод т-ни, Қашғари мавзеси (Ц-4 ), А. Қодирий кўчаси,25-уй
☎ +998903706057 Азиз Махкамов

 

Telegram:  https://t.me/fitouz
Instagram: https://www.instagram.com/SemillasFitoCentralAsia
Facebook: https://www.facebook.com/SemillasFitoCentralAsia
YouTube: https://www.youtube.com/user/SemillasFitoTV/videos