ЯНГИЛИКЛАР

Makkajoʻxori urugʻlariga Trichoderma (trixoderma) zotli qoʻziqorinlar bilan qayta ishlov berish urugʻlarni suv yetishmasligi tufayli yuzaga kelgan stressdan himoya qiladi

20/07/2020

Urugʻchilik texnologiyasi boʻlimidagi hamkasblarimiz Barselona universiteti bilan hamkorlikda Trichoderma yordamida urugʻlarga biologik ishlov berishning afzalliklarini suv yetishmasligi tufayli yuzaga kelgan stress sharoitidagi makkajoʻxori urugʻlari misolida koʻrsatib berishdi.

Urugʻchilik texnologiyasi boʻlimidan Virxiniya Esteves va Xuan-Xesus, professor doktor Mariya Izabel Trillas (Barselona Universiteti)ning tadqiqot guruhi bilan hamkorlikda ishlab Kataloniya hukumatining "Sanoat doktaranturasi" dasturi doirasida xalqaro PLANTA jurnalida maqola chop etdilar. Ushbu jurnal oʻsimliklar biologiyasidagi ilmiy taʼsir darajasi boʻyicha birinchi oʻrinni egallagan holda oʻz sohasi boʻyicha dunyodagi eng nufuzli nashrlar qatoriga kiradi.

Maqolada suv yetishmasligi tufayli yuzaga kelgan ogʻir stress sharoitidagi makkajoʻxoriga Trichoderma asperellum, T34 shtammining ijobiy taʼsirining isbotlari keltirilgan. Ushbu tadqiqotda, shuningdek, kimyoviy fungitsidlarga asoslangan anʼanaviy urugʻga qayta ishlov berish va ikki xil qayta ishlov berishning birikmasi sinovdan oʻtkazildi.

Sinov natijalari shuni koʻrsatdikki, ildizlarida T34 shtammi mavjud boʻlgan oʻsimliklar ancha yuqori quruq vaznga va soʻtasida koʻproq donga ega edi. Uglerod va fosforning yakuniy tarkibi ham yuqori edi. Suv yetishmasligi tufayli yuzaga kelgan stress sharoitidagi barglar yuzasidagi gaz almashinuvini oʻlchash shuni koʻrsatdikki, T34 shtammli oʻsimliklardagi nisbiy tarkib va suvdan foydalanishning samaradorligi, shuningdek, fotosintez jarayoni ham yaxshilandi.

Shunday qilib, ushbu tadqiqot natijalari quyidagilarni koʻrsatmoqda:

  • Biologik fitontsid (T34) yordamida makkajoʻxori urugʻlari (Zea mays)ga qayta ishlov berish oddiy sug'orish sharoitida ham, suv tanqisligi (qurgʻoqchilik) tufayli yuzaga kelgan kuchli stress sharoitida ham oʻsimliklarning fiziologiyasini yaxshilashi mumkin.

  • Urugʻlarga qayta ishlov berishning kombinatsiyali usuli (biologik fitontsid va kimyoviy fungitsid) aynan bir xil urugʻlar uchun qoʻllanilishi mumkin (va uning taʼsiri qayta ishlov berishdan keyin ikki yil davom etadi, buni 2018 yilda Avstriyaning Vena shahrida boʻlib oʻtgan MICROPE xalqaro kongressida taqdim etilgan natijalar tasdiqlaydi).

  • Ulashish:

Сўнгги янгиликлар

17/10/2022

SEMILLAS FITÓ HOBBY YANGI IBERFLORA YARMARKASIDA ISHTIROK ETADI

07/10/2022

SEMILLAS FITÓ ISTEʼMOLCHILARDAN ILHOMLANGAN YANGI NAVLARNI FRUIT ATTRACTION YARMARKASIDA TAQDIM QILADI.

01/06/2022

Semillas Fitó oʻz mijozlariga ESADE maktabidagi rahbarlani rivojlantirish treninglarini taklif qiladi

23/05/2022

Barselona jahon urugʻchilik sohasining eng muhim tadbiriga mezbonlik qiladi

БИЗ БИЛАН БОҒЛАНИШ

Бизнинг дунё бўйлаб савдо тармоғимиз билан танишинг

Марказий офис

Фзбекистон, Тошкент, 100017, Юнусобод т-ни, Қашғари мавзеси (Ц-4 ), А. Қодирий кўчаси,25-уй
☎ +998903706057 Азиз Махкамов

 

Telegram:  https://t.me/fitouz
Instagram: https://www.instagram.com/SemillasFitoCentralAsia
Facebook: https://www.facebook.com/SemillasFitoCentralAsia
YouTube: https://www.youtube.com/user/SemillasFitoTV/videos