ЯНГИЛИКЛАР

BIZ ESTA SERTIFIKATIGA ERISHDIK

29/10/2020

Yevropa urugʻchilik uyushmasining ESTA sifat sertifikati (European Seed Treatment Assurance – Yevropa urugʻlarni sifatli qayta ishlash tizimi) urugʻlarni qayta ishlash va bu orqali olingan urugʻlar qonunchilik hamda sanoat standartlari talablariga muvofiq kelishini kafolatlaydi, maksimal samaradorlik hamda atrof-muhitga minimal taʼsir koʻrsatuvchi oʻsimliklarni himoya qilish vositalaridan minimal miqdorda maqsadli foydalangan holda oziq-ovqat mahsulotlari, yem-xashak va chorvachilik ekinlarining barqaror ishlab chiqarilishini taʼminlaydi.

Semillas Fitó kompaniyasi oʻzining sifat siyosatiga amal qilgan holda mijozlarga makkajoʻxori urugʻlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashning eng yuqori xavfsizlik darajasini taklif etish maqsadida Les-Kases-de-Berbens (Lerida, Ispaniya) dagi logistik va texnologik markaz sertifikatini olishga, shuningdek, atrof-muhitni himoya qilishga sharoit yaratishga qaror qildi. Tekshiruv muvaffaqiyatli oʻtdi hamda 19-oktabr kuni biz SGSning Germaniyadagi boʻlinmasi tomonidan sertifikatlandik.

Urugʻlikni dala sharoitida yoki ochiq maydonda emas, nazorat qilinadigan bino ichida qayta ishlaganimiz sababli ushbu sertifikat orqali biz insektitsidlardan kamroq foydalanish hisobiga atrof-muhitni muhofaza qilamiz.

ESTA Nizomi sertifikatlashtirish doirasida urugʻlikni tozalashdan tortib qayta ishlangan urugʻlardan foydalanish va sotishga qadar boʻlgan 7 turdagi faoliyatni nazarda tutadi. Shunday qilib, ESTA urugʻlar sifati, ularni qayta ishlash va kelgusida foydalanish, shuningdek, ishlab chiqarish zanjirining barcha boʻgʻinlarida standartlarga rioya qilishni taʼminlash tizimini taqdim etgan holda korxona uchun muhim ahamiyatga ega.

  • Ulashish:

Сўнгги янгиликлар

17/10/2022

SEMILLAS FITÓ HOBBY YANGI IBERFLORA YARMARKASIDA ISHTIROK ETADI

07/10/2022

SEMILLAS FITÓ ISTEʼMOLCHILARDAN ILHOMLANGAN YANGI NAVLARNI FRUIT ATTRACTION YARMARKASIDA TAQDIM QILADI.

01/06/2022

Semillas Fitó oʻz mijozlariga ESADE maktabidagi rahbarlani rivojlantirish treninglarini taklif qiladi

23/05/2022

Barselona jahon urugʻchilik sohasining eng muhim tadbiriga mezbonlik qiladi

БИЗ БИЛАН БОҒЛАНИШ

Бизнинг дунё бўйлаб савдо тармоғимиз билан танишинг

Марказий офис

Фзбекистон, Тошкент, 100017, Юнусобод т-ни, Қашғари мавзеси (Ц-4 ), А. Қодирий кўчаси,25-уй
☎ +998903706057 Азиз Махкамов

 

Telegram:  https://t.me/fitouz
Instagram: https://www.instagram.com/SemillasFitoCentralAsia
Facebook: https://www.facebook.com/SemillasFitoCentralAsia
YouTube: https://www.youtube.com/user/SemillasFitoTV/videos