ЯНГИЛИКЛАР

#BirgalikdaDunyoniBoqamiz

14/10/2020

Biz Butunjahon oziq-ovqat kuniga qoʻshilamiz va bilim ulashish maqsadimizga muvofiq bu haqida ogohlik xabarlarini tarqatamiz.

16-oktabr Butunjahon oziq-ovqat kunidir va biz Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkilotining xabariga qoʻshilamiz: Oʻstiring, parvarishlang, qoʻllab-quvvatlang. Birgalikda.

Butunjahon oziq-ovqat kuni eng muhtoj kishilarga pandemiyadan tiklanishga yordamlashish va oziq-ovqat taʼminoti tizimlarini oʻsib borayotgan beqarorlik va iqlim bilan bogʻliq larzalarga nisbatan yanada barqaror va mustahkam qilish, barchani arzon va yetarlicha sogʻlom yeguliklar bilan taʼminlash va oziq-ovqat tizimi xodimlari uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish maqsadida global hamjihatlikka chorlamoqda.

Semillas Fitó kompaniyasida biz urugʻlar orqali xavfsiz va toʻyimli oziq-ovqat mahsulotlaridan global miqyosda foydalanishga koʻmaklashish uchun ish olib bormoqdamiz. Biz hatto murakkab paytlarda ham oziq-ovqat taʼminotini taʼminlash uchun agrooziq-ovqat zanjiri boʻylab #OziqOvqatQahramonlari, fermerlarimiz va xodimlarimiz bilan birgalikda uzoq muddatli, ishonchga asoslangan munosabatlar yaratamiz. Qolaversa, biz Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti tomonidan #OchlikdanHoli dunyoni yaratishda hamda iqlim oʻzgarishlari bilan bogʻliq muammolarni hal qilishda muhim sanaluvchi sayyorani qutqarishga yordam beradigan barqaror innovatsiyalarni ishga solamiz.

Oʻz ijtimoiy masʼuliyatimizdan kelib chiqib hamda ogohlikni oshirish maqsadida biz Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar yordamida oziq-ovqat chiqindilari, qishloq xoʻjaligi sektoridagi murakkabliklar va global ochlik haqida bir nechta videoroliklar yaratdik.

Biz, shuningdek, koʻplab eʼtirozlar va muhokamalarga sabab boʻluvchi oziq-ovqat mavzusidagi asosiy trendlardan biriga urgʻu bermoqdamiz: organik oziq-ovqatlar. Shu bois biz oʻz hamkasblarimiz uchun organik mahsulotlarni yetishtirish boʻyicha afsona va haqiqatlar toʻgʻrisida vebinar tashkilladik. Israel Roca, Semillas Fitó kompaniyasining Yevropa boʻyicha Tijorat va marketing boʻlimi boshligʻi hamda Paco Casallo, HaciendasBio kompaniyasi ijrochi direktori quyidagi tushunchalarni oʻzaro muhokama qiladilar: Organik oziq-ovqat mahsulotlari sogʻliqqa foydalimi? Organik mahsulotlarni yetishtirish bilangina dunyo aholisini boqish mumkinmi? Yoki “Bio”, “eko” va “organik” tushunchalari bitta narsami? Ular, shuningdek, ushbu mavzu boʻyicha tegishli nuqtai nazarlarini baham koʻradilar.

Ayni paytdagi tibbiyot sohasidagi inqiroz bizni oziq-ovqat kabi eng muhim ehtiyojlarni qadrlashga majbur qilmoqda va endilikda har qachongidan koʻra ogohlikni oshirishimiz hamda bu borada muhtojlik sezayotgan guruhlarni qoʻllab-quvvatlashimiz, shuningdek, har kuni dunyo aholisini oziq-ovqat bilan taʼminlash maqsadida mehnat qilayotgan kishilarni eʼtirof etmogʻimiz lozim.

  • Ulashish:

Сўнгги янгиликлар

17/10/2022

SEMILLAS FITÓ HOBBY YANGI IBERFLORA YARMARKASIDA ISHTIROK ETADI

07/10/2022

SEMILLAS FITÓ ISTEʼMOLCHILARDAN ILHOMLANGAN YANGI NAVLARNI FRUIT ATTRACTION YARMARKASIDA TAQDIM QILADI.

01/06/2022

Semillas Fitó oʻz mijozlariga ESADE maktabidagi rahbarlani rivojlantirish treninglarini taklif qiladi

23/05/2022

Barselona jahon urugʻchilik sohasining eng muhim tadbiriga mezbonlik qiladi

БИЗ БИЛАН БОҒЛАНИШ

Бизнинг дунё бўйлаб савдо тармоғимиз билан танишинг

Марказий офис

Фзбекистон, Тошкент, 100017, Юнусобод т-ни, Қашғари мавзеси (Ц-4 ), А. Қодирий кўчаси,25-уй
☎ +998903706057 Азиз Махкамов

 

Telegram:  https://t.me/fitouz
Instagram: https://www.instagram.com/SemillasFitoCentralAsia
Facebook: https://www.facebook.com/SemillasFitoCentralAsia
YouTube: https://www.youtube.com/user/SemillasFitoTV/videos